Afğoniston prezidenti Aşraf Ğaniy Özbekistonga rasmiy taşrif bilan 4 dekabr kuni keladi. Bu haqda Afğonistonning respublikadagi elçixonasidan xabar berişgan.

Elçixona ma'lumotlariga köra, taşrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilmoqda.

29 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga amaliy taşrif bilan kelgan Afğoniston Islom Respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar böyiça katta maslahatçisi Humoyun Qayumiy va prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantiriş böyiça maxsus vakili Muhammad Şokir Korgarni qabul qildi.

Muzokaralarda oliy darajada bölajak Özbekiston-Afğoniston uçraşuviga tayyorgarlik körişning amaliy masalalari, xususan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi, deb xabar bergan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi axborot xizmati.