Jamiyat | 10:09 / 01.12.2017
5633
1 daqiqa o‘qiladi

18 yoshli yigit asalarichini pichoq bilan jarohatladi

Bo‘stonliq tumanida, 26 oktabr kuni, Zangiota tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan Yo‘ldosh Abdusamatov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zaro janjallashib, Bo‘stonliq tumanida asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan, Toshkent tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan Kozim Berkinovni chap oyog‘iga pichoq bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. 

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holat yuzasidan Yo‘ldosh Abdusamatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid