Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda yangi zilzila yuz berdi
Eron janubi-sharqida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC).
Yer osti silkinishlari Kerma shahridan (500 mingdan ortiq kishi) 65 kilometr shimoli-sharqda UTC vaqti bilan soat 02.32 (Toshkent vaqti bilan soat 07.32)da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 13 kilometrlik yer tubida joylashgan.
Ehtimoliy qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot hozircha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi o‘rtalarida Eron va Iroq chegarasidagi Kirmonshoh viloyatida 7,2 magnitudali vayronakor zilzila yuz bergandi. Yer osti silkinishlari mintaqaning boshqa davlatlari, jumladan Kuvayt, BAA hamda Isroilda ham sezilgan. Mamlakat sud tibbiyoti tashkiloti 505 kishi halok bo‘lgani, 12 mingdan ortiq inson jabrlangani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026
Eron va Isroil zarbalar almashdi
00:39 / 08.06.2026