Jahon | 22:08 / 01.12.2017
13667
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada Istanbul aeroportidagi terakt tashkilotchisi o‘z joniga qasd qildi  

Foto:aa.com.tr

2016 yilda Istanbul aeroportida terakt tashkillashtirishda gumon qilinayotgan chechenistonlik Axmed Chatayev 21 noyabrda Tbilisidagi aksilterrorchilik maxsus operatsiyasi davomida o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda Gruziya davlat xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Nino Giorgobiani jurnalistlarga ma'lum qildi.

Uning aytishicha, politsiyachilar 22 soatlik maxsus operatsiyadan keyin ikki terrorchini o‘ldirishgan, uchinchi terrorchi bo‘lgan Chatayev o‘z joniga qasd qilgan.

“Chatayevning shaxsi AQShning Federal qidiruvlar byurosi ko‘magida o‘tkazilgan tekshiruvlar, jumladan DNK va daktiloskopik ekspertiza davomida o‘rnatilgan”, deb aytdi Giorgobiani.

2016 yil 28 iyunda Istanbul aeroportida sodir etilgan teraktda 43 kishi halok bo‘lgandi, 163 kishi jarohat olgandi. Teraktni tashkil etishda “Bir qo‘lli Axmed” laqabi bilan ma'lum bo‘lgan Axmed Chatayev gumon qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid