Jahon | 01:16 / 01.12.2017
13895
3 daqiqa o‘qiladi

Livan prezidenti AQShni “Al-Qoida”ning paydo bo‘lishida aybladi

Foto: AP Photo / Hussein Malla

AQSh va uning ittifoqdoshlarining sobiq ittifoq qo‘shinlarining Afg‘onistonga bostirib kirishidan keyingi xatti-harakatlari 2001 yil 11 sentabrdagi terakt bilan o‘z “yaratuvchisi”ni nishonga olgan “Al-Qoida”ning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bunday fikrni Livan prezidenti Mishel Aun Rimda o‘tayotgan “O‘rta yer dengizi muloqotlari” forumida bildirib o‘tdi.  

“Sobiq ittifoq 1979 yilda Afg‘onistonga bostirib kirganda, AQSh hamda bir qator arab va musulmon davlatlari kommunizm va ateizmga qarshi kurashda yordam beradi degan fikrda islom negizida sovetlarga qarshi harakatni qo‘llab-quvvatlay boshlashgan. Amerikaliklar esa islom kommunizmga qarshi chiqishiga qaramasdan, g‘arbiy mafkura emasligi va o‘ziga xoslikka egaligini tushunmaganlar”, deb aytgan Livan prezidenti.      

“Vaqti kelib afg‘on jihodchilari jihod tushunchasini buzib, butun dunyodan o‘z safiga yosh musulmonlarni jalb qilgan va shu tariqa “Al-Qoida”ni vujudga keltirgan. “Al-Qoida” esa 11 sentabrda hujum qildi, ya'ni terror mashinasi o‘z yaratuvchisiga qarshi bordi”, deb ta'kidlab o‘tgan Aun.   

Aunning aytishicha, AQSh o‘z navbatida “Al-Qoida”ni yo‘q qilishni boshlagan, bu esa o‘ziga xos silsilaga olib kelgan.

“Iroqdagi urushga aylanib ketgan Afg‘onistondagi yangi urush o‘z ortidan o‘limlar, vayrongarchiliklar va nafrat qoldirgan. “Al-Qoida”ga doimiy bosim uning barbod bo‘lishiga hamda yangi diniy oqimlar va yangi terrorchilik tashkilotlarining ko‘payishiga olib keldi”, deb aytgan Aun.

Livan prezidentining aytishicha, hozirda terrorchilik xavfi ko‘proq “uyqudagi bo‘limlar” va yakka jangarilardan taralmoqda.

“Biz qat'iy va ta'sirchan yechim topishimiz kerak. Agar vaziyat talab qilsa, hattoki harbiy yechimga ham yo‘l qo‘yiladi”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Aun.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid