Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxoroni ziyorat qiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2017 yil 4 dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniy rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga kelishi haqida avval xabar berilgandi.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish, asosiy xalqaro muammolar va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-ta'lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Afg‘oniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan, shuningdek, Buxoro shahrini ziyorat qilish ham o‘rin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida ma'ruza qiladi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026