Istanbul katta kurash bayramiga mezbonlik qilmoqda
Joriy yilning 30 noyabr-4 dekabr kunlari IKA taqvim rejasidagi 2 yillikning eng muhim voqeasi Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XI–Jahon chempionati va Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining navbatdagi XVII-Kongressi bo‘lib o‘tadi.
Turkiya Kurash Federatsiyasi, Istanbul shahar meriyasi va Turkiya yoshlar va sport vazirliklari tashabbusi bilan chempionatga juda katta tayyorgarlik ishlari olib borildi.
Mazkur dunyo birinchiligida sayyoraning 60 dan oshiq davlatidan 400 nafarga yaqin eng sara polvonlari gilamga chiqishadi.
Musobaqalar va tantanali ochilish marosimi 2-3 dekabr kunlari Hasan Dog‘an sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar 15 vazn toifasida erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87, + 87 kg.larda Jahon chempionligini uchun bahslarga kirishadi.
Qayd etish lozimki, o‘zida mardlik, halollik va oliyjanoblilik kabi xislatlarini mujassam etgan kurash sporti bugungi kunda jahon miqyosida O‘zbekiston brendiga aylanib ulgurdi.
Istanbulda start oladigan jahon chempionatiga Rizomat Soliyev va Dilfuza Rahmatova murabbiyligi ostida eng kuchli tarkibda 30 nafarga yaqin kurash vatani polvonlari ishtirok etishadi.
Tarkibdan 26-29 may kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at–Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir g‘olibi va sovrindorlari, Turkmanistonda o‘tkazilgan Yopiq inshootlar va Jang san'atlari bo‘yicha V-Osiyo o‘yinlari g‘oliblari va amaldagi Jahon chempionlari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024