Jahon | 08:41 / 02.12.2017
4220
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Tillersonning iste'foga chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp davlat kotibi Reks Tillersonning o‘z lavozimini tark etishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Tramp Tillerson bilan ba'zi masalalar bo‘yicha turli fikrlarga ega bo‘lsa-da, u bilan hamkorlikni “yaxshi” deb baholadi.  

“Men Reks Tillersonni bo‘shatib yuborganim yoki u yaqinda iste'foga ketishini ma'lum qilgan OAV – soxta yangiliklardir! Bizda ba'zi masalalar bo‘yicha turli fikrlik bo‘lsa-da (oxirgi qarorni baribir men qabul qilaman), u hech qayerga ketmaydi. Biz birgalikda yaxshi ishlamoqdamiz va Amerikani yana hurmat qilishmoqda!”, deb yozgan Tramp tvitterda.

29 noyabrda New York Times nashri AQSh ma'muriyatidagi manbalarga tayanib, MRB direktori Mayk Pompeo Tillersonning o‘rnini egallashi mumkinligini ma'lum qilgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Oq uy apparati boshlig‘i Jon Kelli bu borada reja tuzib qo‘ygan va uni boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan kelishib qo‘ygan. 

Avvalroq AQSh ommaviy axborot vositalari Tramp Tillersonning faoliyatidan ko‘ngli to‘lmayotgani va uni bu lavozimdan bo‘shatishga tayyorligi haqida ma'lum qilgandilar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid