Jahon | 14:40 / 03.12.2017
7172
2 daqiqa o‘qiladi

NASA birinchi marta raketadan qayta foydalanishga rozi bo‘ldi

Foto: Hi-news

Bu NASA uchun haqiqiy tarixiy voqea bo‘lishi kerak, zero Amerika aerokosmik agentligi birinchi marta navbatdagi kosmik missiya doirasida iste'moldan chiqqan Falcon 9 raketasini qo‘llashga rozi bo‘ldi. Uni ishga tushirish 8 dekabr, juma kuniga mo‘ljallangan. SpaceX raketasi yordamida orbitaga 2,5 tonna foydali yukni olib chiqish rejalashtirilmoqda. 

Ta'kidlash joizki, SpaceX uchun bundan avval foydalanilgan raketani qo‘llash yangilik emas, kompaniya SES, Space Systems/Loral, Iridium va Isroilning Spacecom kompaniyalarga shunday xizmatlarni taqdim etib, uch marta shu ishni amalga oshirgan, biroq bu safar mijoz o‘zining konservativ qarashlari bilan mashhur NASA agentligining o‘zi hisoblanadi. Bundan avvalgi iste'molda bo‘lgan raketadan foydalanib, orbitaga foydali yuk olib chiqish bilan bog‘liq barcha startlar biror ekstsesslarsiz kechgan. 

Spaceflight Now portalining xabar berishicha, NASA missiyani bir necha kun avval tasdiqlagan, biroq bunday qarorga kelish agentlik uchun oson bo‘lmagan. NASA muhandislari qayta tiklash va sinov jarayonlarini diqqat bilan kuzatishgan. 

"Raketa tezlatgichining ba'zi qismlari qayta ta'mirdan chiqarilib, yangilariga almashtirildi. Ular amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tekshiruvlarning batafsil ro‘yxatini taqdim etishdi. U barcha vazifalarni yaxshi uddaladi. Raketa qayta ishga tushirishga tayyor", - deya izoh berdi kengash raisi o‘rinbosari Uilyam Gerstenmayyer NASA maslahatlashuv kengashining kosmik parvozlar masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvida. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid