Sport | 09:20 / 03.12.2017
25175
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Serxio Ramos Primerada antirekord o‘rnatdi

«Real» himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatida qizil kartochka olish bo‘yicha antirekordchi bo‘ldi. Ushbu himoyachi Ispaniya chempionatining 14-turida «Atletik»ka qarshi o‘yinda ikki marta sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

31 yoshli futbolchi o‘yinning 86-daqiqasida raqib hujumchisi Arits Adurisning boshiga tirsagi bilan urgani uchun jazolandi.

Bu qizil kartochka uning faoliyatida Ispaniya chempionati o‘yinlarida olingan 19-qizil kartochka bo‘ldi. 

Shu tariqa, Ramos bu ko‘rsatkich borasida allaqachon faoliyatini yakunlagan futbolchilar Pablo Alfaro va Xavi Aguadodan o‘zib ketdi. Ushbu markaziy himoyachilar Primera o‘yinlarida 18 marta haydalgandi. 

«Atletik» va «Real» uchrashuvida hisob ochilmay qoldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid