Jahon | 11:00 / 03.12.2017
8013
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada kemalar to‘qnashuvi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Sariq dengiz hududida Janubiy Koreya bayrog‘i ostida harakatlangan baliq ovlovchi kema suvosti tankeri bilan o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, ikki kishi bedarak ketgan, deb hisoblanmoqda.

Qayd etilishicha, bu hodisada odam tashish bo‘yicha qoidalar buzilishi sodir etilmagandi.

Baliq ovlovchi kemada ekipajning ikki a'zosi va 20 yo‘lovchi bo‘lgan. Tanker bilan to‘qnashuv mahalliy vaqt bilan soat 6:12 da ro‘y bergan.

Voqea joyida qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirishmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid