Jahon | 07:34 / 04.12.2017
8100
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQShni Turkiyani jazolashga urinishda aybladi

Foto: AFP 2017 / Adem Altan

AQSh Turkiyani jazolamoqchi va obro‘sizlantirmoqchi, chunki Turkiya unga tashqaridan suqishtirilayotgan ssenariylarga bo‘ysunmayapti. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bildirib o‘tdi.     

“AQSh bizni jazolash, qoralash va obro‘sizlantirishga harakat qilmoqda, chunki biz ularning ssenariylariga amal qilmayapmiz. Bu ssenariylarning maqsadi oydin va davlatimizdagi odamlar yordamida amalga oshirilmoqda. Ular buni FeTO bilan birga qilmoqdalar. Biroq ular bizni alday olmasliklarini bilishlari kerak”, deb aytgan Erdo‘g‘an Agra shahridagi chiqishi vaqtida.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Vashingtonni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. “Bu ssenariyning bir qismi AQShda Turkiya fuqarolariga qarshi sudlar hisoblanadi. Bizning nomimizga aytilayotgan bu yolg‘on, bo‘hton va hujumlar oqimi mamlakatni tiz cho‘ktirishga va jamiyatimizga parokandalikni kiritishga qaratilgan bir ssenariyning qismidir. Bu urinishlarning barchasi barbodlik bilan tugaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.       

Avval Erdo‘g‘an AQShni terrorchilikka qarshi kurash ko‘rinishi ostida Yaqin Sharqda o‘zi uchun kerakli bo‘lgan tartibni o‘rnatmoqchi bo‘layotganlikda ayblagandi. Jumladan, Erdo‘g‘an Vashington IShIDga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatayotganini va Raqqadan terrorchilarning olib chiqilishiga aloqador bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid