Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bosh prokurori FQBni ayblab chiqdi
Foto: unian.net
Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenkoning ma'lum qilishicha, mamlakat korrupsiyaga qarshi milliy byurosining AQSh FQB bilan hamkorligi noqonuniy bo‘lgan. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.
Avvalroq Ukraina korrupsiyaga qarshi milliy byurosi rahbari Artyom Sitnik o‘zining mahkamasi FQB bilan Ukraina migratsiya xizmatidagi korrupsiya va qahraboni noqonuniy ravishda qazib olish ishi bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruv doirasida hamkorlik qilganini aytib o‘tgandi.
«Agarda u bu haqda ma'lum qilgan bo‘lsa, umuman shunday savol paydo bo‘ladi - «kim xorijiy maxsus xizmatining Ukraina hududidagi amaliyotiga ruxsat berdi». Qo‘shma amaliyot, u aytayotganidek, tegishli jarayonlarsiz noqonuniy sanaladi», - deya aytib o‘tdi Lutsenko.
Shuningdek uning ma'lum qilishicha, «Sitnikning o‘zidagi ancha katta muammolarni yashirish xohishini juda yaxshi tushunadi».
Mavzuga oid
13:18
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
11:10
Rossiya kechasi Kiyev va Xarkivdagi energiya obektlariga yana zarba berdi
09:42