Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda migratsiya servis-markazlari paydo bo‘ladi
QHTBT portalida “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Norma.uz’ning yozishicha, qonun xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga, shuningdek tashqi migratsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar va barcha mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
Xorijda tashkiliy yo‘sinda va yakka tartibda ishga joylashtirish tartibi joriy etilmoqda
O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bilan jo‘natuvchi tashkilotlar shug‘ullanadi:
• Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi migratsiya masalalari agentligi (Agentlik);
• Agentlikning tarkibiy tuzilmalari;
• rekruting tashkilotlari – O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi va shu faoliyat uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar. Mehnat vazirligini litsenziyalovchi organ etib belgilash taklif etildi. Lisenziyaning taxminiy amal qilish muddati – 3 yil.
Ular xorijda ishlash xohishini bildirgan fuqarolarni xorijiy xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar buyurtmanomalari bo‘yicha tashkiliy yo‘sinda ishga qabul qilishni amalga oshiradi. Jo‘natuvchi tashkilotning xorijiy ish beruvchi va daromad ishlashga ketish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi bilan tuzadigan ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomasi fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish uchun asos bo‘ladi.
Yakka tartib O‘zbekiston fuqarolarining tashkiliy yo‘sinda ishga qabul qilishsiz, albatta Agentlikni xabardor qilgan holda va zarur hujjatlar paketini taqdim qilib, mustaqil ravishda ishga joylashishini ko‘zda tutadi.
Mehnatkash-migrantning asosiy majburiyatlari
Loyihaga ko‘ra migrant mehnatchi:
• tashkiliy yo‘sinda ishga qabul qilishda xorijiy ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzishi;
• ishga joylashgan davlatda o‘zining joylashgan joyi to‘g‘risida ma'lumotlarni jo‘natuvchi tashkilotga taqdim etishi;
• xorijiy ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin 2 oygacha muddatda O‘zbekistonga doimiy yashash joyiga qaytishi shart, basharti bu muddatda u ushbu davlatda yangi mehnat shartnomasi tuzmagan bo‘lsa va boshqalar.
Agentlik huzurida Mehnatkash-migrantlarni huquqiy, ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi
Quyidagilar uning asosiy vazifalari bo‘ladi:
• O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularni qaytarishda ko‘maklashish;
• xorijda ishlash jarayonida murakkab holatga tushgan mehnatkash-migrantlarni qo‘llab-quvvatlash;
• xorijiy mamlakatlarda Agentlik vakolatxonalarining, respublika mintaqalarida filiallarining, Qoraqalpog‘istonda, Toshkentda va viloyatlarda ko‘p funksionalli migratsiya servis Markazlarining tashkil etilishini moliyalashtirish va boshqalar.
Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026