Fan-texnika | 09:22 / 05.12.2017
4366
1 daqiqa o‘qiladi

Faqat bolalarga. Facebook yangi messenjerni ishga tushirdi

Facebook kompaniyasi yangi ilovani taqdim etdi, u Messenger Kids nomini oldi.

Ilova bolalar va o‘smirlarga xabarlar hamda videoqo‘ng‘iroqlar bilan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib almashish imkonini beradi.

Hozircha yangi messenjerdan faqat AQSh hududida iOS negizidagi gadjyetlar egalari foydalanishi mumkin. Yaqin orada Android negizidagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan versiya ham paydo bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, bolalar muloqot chog‘ida o‘zini qo‘pol tutadigan foydalanuvchilar ustidan shikoyat qilishi mumkin. Bundan tashqari, messenjerda reklama ham bo‘lmaydi.

Avvalroq Facebook foydalanuvchilariga eski postlarni o‘chirib tashlash taqiqlangandi.

Mavzuga oid