Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa Yevropaning “besh yulduzli” ilk aviakompaniyasi bo‘ldi
Foto: RIA Novosti
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Britaniyaning Skytrax reyting agentligining besh yulduzli sifat darajasini olgan Yevropaning ilk aviakompaniyasi bo‘ldi. Bu haqda Skytrax bayonotida ma'lum qilindi.
“Lufthansa Skytrax’ning eng yuqori besh yuluzli reytingini oldi. U bunday yuqori baho olgan Yevropaning yagona aviakompaniyasi hisoblanadi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq agentlikning besh yulduzli darajasini faqatgina 9 ta aviakompaniya olgan, bular: Qatarning Qatar Airways, Singapurning Singapore Airlines, Hongkongning Cathay Pacific Airways, Janubiy Koreyaning Asiana Airlines, Xitoyning Hainan Airlines, Yaponiyaning ANA All Nippon Airways, Indoneziyaning Garuda Indonesia, Tayvanning EVA Air va BAAning Etihad Airways aviakompaniyalaridir.
Lufthansa’ning o‘zi bu muvaffaqiyatini havo flotiga katta miqdorda investitsiyalar kiritishi, barcha sinfdagi salonlarning yangilanishi, yuqori texnologik xizmatlarni tatbiq qilishi bilan tushuntirdi.
Lufthansa Group Yevropaning eng yirik aviakompaniyalaridan biri hisoblanadi. Uning bosh qarorgohi Kyolnda joylashgan. Kompaniya xodimlari soni 2017 yil sentabr oxirida 128,8 ming kishini tashkil qilgan.
Mavzuga oid
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
15:22 / 21.02.2026
Yevropa Ukraina yordamida dronlarga qarshi arzon himoya tizimini yaratadi
14:28 / 20.02.2026
AQSh Yevropada senzurani chetlab o‘tish uchun onlayn-portal ishlab chiqmoqda
13:42 / 16.02.2026