Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Britaniya bosh vaziriga suiqasdning oldi olindi
Foto: AFP 2017 / Daniel LEAL-OLIVAS
Buyuk Britaniya kontrrazvedka xizmati MI5 rahbari Endryu Parker xavfsizlik xizmatlari Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey hayotiga suiqasdni bartaraf etishganini ma'lum qildi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Meyga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rish gumoni bilan o‘tgan haftada London va Birmingemda 2 kishi qo‘lga olingan. Ularga terrorchilik moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchilar sumka ostiga niqoblangan bombani bosh vazir qarorgohi yonida portlatib, so‘ngra pichoq bilan hujum qilishmoqchi bo‘lgan.
London politsiyasining ma'lum qilishicha, Londonda yashovchi 20 yoshli Zakariyo Rahmon va Birmingemda yashovchi 21 yoshli Muhammad Aqib Imronga terakt tayyorlash aybi qo‘yilgan. Biroq Skotland-Yardda bu ikki yigitning qo‘lga olinishi Meyga suiqasd bilan bog‘langanini tasdiqlashdan bosh tortilgan. Ma'lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar 6 dekabrda Vestminsterdagi sud oldida javob berishlari kerak bo‘ladi.
5 dekabrda Parker vazirlar mahkamasi yig‘ilishida oxirgi yil ichida Buyuk Britaniyada 9 ta teraktning oldi olinganini ma'lum qilgan. Umumiy hisobda joriy yilda Buyuk Britaniyada 5 ta terakt sodir etilgan. Ulardan eng yirik 22 may kuni qo‘shiqchi Ariana Grandening konserti vaqtida amalga oshirilgan. Bu terakt oqibatida 22 kishi, jumladan, 12 bola halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:58
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026