Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Obama va Bush qilmagandi». Tramp bayonot berdi
Foto: Alex Brandon
AQSh prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish va Amerikaning Tel-Avivdagi elchixonasini u yerga ko‘chirib o‘tkazish haqidagi o‘z qaroriga izoh berdi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisining ta'kidlashicha, u avvalgi prezidentlardan farqli ravishda, Isroildagi diplomatik vakolatxonani ko‘chirish bo‘yicha bergan saylovoldi va'dasini bajardi.
«Men o‘zimning saylovoldi kampaniyamdagi va'damni bajardim – boshqalar esa yo‘q», - deya yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.
Tramp o‘z yozuviga videorolikni ham ulab qo‘ygan, unda AQShning avvalgi prezidentlari Bill Klinton, kichik Jorj Bush va Barak Obamaning turli yillarda elchixonani al-Qudsga ko‘chirish niyatida ekanliklari haqidagi bayonotlari aks ettirilgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishini ma'lum qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga «jasur va adolatli» qaror uchun minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Trampning qarorini Yaqin Sharqdagi tinch jarayonda Amerika ishtirokining yakuni deb atadi.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020