AQŞ prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan oliş va Amerikaning Tel-Avivdagi elçixonasini u yerga köçirib ötkaziş haqidagi öz qaroriga izoh berdi.

Qöşma Ştatlar yetakçisining ta'kidlaşiça, u avvalgi prezidentlardan farqli ravişda, Isroildagi diplomatik vakolatxonani köçiriş böyiça bergan saylovoldi va'dasini bajardi.

«Men özimning saylovoldi kampaniyamdagi va'damni bajardim – boşqalar esa yöq», - deya yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Tramp öz yozuviga videorolikni ham ulab qöygan, unda AQŞning avvalgi prezidentlari Bill Klinton, kiçik Jorj Buş va Barak Obamaning turli yillarda elçixonani al-Qudsga köçiriş niyatida ekanliklari haqidagi bayonotlari aks ettirilgan.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olişini ma'lum qildi. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga «jasur va adolatli» qaror uçun minnatdorlik bildirdi. Öz navbatida, Falastin yetakçisi Mahmud Abbos Trampning qarorini Yaqin Şarqdagi tinç jarayonda Amerika iştirokining yakuni deb atadi.