Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston havo kuchlari AQSh dronlarini urib tushirishga ko‘rsatma berdi
Foto: Newatlas.com
Pokiston harbiy havo kuchlari qo‘mondoni mamlakat suverenitetini buzadigan har qaanday dronlarni, AQShga tegishli bo‘lsa ham urib tushirishga buyruq berdi. Qo‘mondon Pokistonning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan AQShga qarshi so‘zlarini Islomoboddagi aviatsiya talabalari qarshisida so‘zlagan nutqida keltirdi. Uning ta'kidlashicha, Pokiston harbiy havo kuchlari mamlakat suverenitetini himoya qila oladi. Havo kuchlari marshali Suhayl Omon, shuningdek Pokistonning bir vaqtlar Amerikaning F-16 harbiy samolyotlarini xarid qilish uchun pul to‘lagani, ammo ular yetkazib berilmaganini ham yodga olgan.
“Biz Usoma bin Lodin bilan bog‘liq holatda xatoga yo‘l qo‘ydik. Ammo endi mamlakat suvereniteti qanday bo‘lmasin himoya qilinadi”, - degan Suhayl Omon Havo kuchlari universitetida tashkil etilgan AirTech 17 ko‘rgazmasida.
“Biz hech kimga havo chegaralarimizni buzishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deya Omon so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Times of India nashri.
AQSh harbiy havo kuchlari Afg‘oniston bilan chegaradosh Pokiston hududlarida dronlar parvozini amalga oshiradi va jangarilar, deya taxmin qilgan to‘dalarga zarba berish amaliyotini o‘tkazib keladi. Bu esa, pokistonlik tinch aholi orasida qurbonlar soni ortishi sababli noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
14:42
Pokistonda qolgan afg‘onlar kompensatsiyadan ko‘ra ko‘chishni afzal ko‘ryapti
14:35
«Rossiya kemalarini xuddi Qrimdagidek Grenlandiyada ham cho‘ktirish mumkin» – Zelenskiy
11:09
Zelenskiy: “AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishdik”
10:30