Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili izolyatordan o‘z tarafdorlariga murojaat qildi
Foto: Reuters
Odessa viloyatining qo‘lga olingan sobiq gubernatori Mixail Saakashvili o‘z tarafdorlarini yakshanba, 10 dekabr kuni norozilik namoyishiga chiqishga chaqirdi. Bu haqda himoyachi Ruslan Chernolutskiy tomonidan e'lon qilingan uning bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda «Ukrainskaya pravda».
«Olibsotarlar hukumati meni yolg‘on ayblov bilan hibsga oldi», - deya ma'lum qilgan Saakashvili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «shu tariqa ular faollarni qo‘rqitishga urinishmoqda».
«Hech narsadan qo‘rqmang, yakshanba kungi «Impichment uchun» tinch aksiyasiga dadillik bilan chiqing», - deya ta'kidlab o‘tgan siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili Lugansk politsiyasi sobiq boshlig‘ining uyida ushlangani ma'lum bo‘lgandi. Ukraina milliy politsiyasining Lugansk oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i Yuriy Pokinborodaning ma'lum qilishicha, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini uning kvartirasida qo‘lga olishgan.
Mavzuga oid
02:36
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45 / 05.12.2025
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21 / 05.12.2025