Ukraina milliy politsiyasining Lugansk oblasti böyiça boş boşqarmasi sobiq boşliği Yuriy Pokinborodaning ma'lum qilişiça, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilini uning kvartirasida qölga olişgan. Bu haqda u öz videomurojaatida xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda «112 Ukraina» telekanali.
«U [Saakaşvili] kasal bölib qoldi. Unga oddiy tibbiy yordam kerak edi. Bizda uni qayerga olib boriş böyiça boş qotirib ötirişga vaqt yöq edi. Şifoxonaga olib bora olmasdik. Biz uni mening uyimga olib keldik hamda şu yerda tibbiy yordam körsatildi», - deya aytib ötdi Pokinboroda.
Uning sözlariga köra, «şunday holat yuz berdiki, biz buni oxirigaça sir saqlay olmadik».
Pokinborodaning ta'kidlaşiça, «uning bu yerda ekanini bilgan ma'lum bir odamlar bölgan».
Avvalroq Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili 8 dekabr keçki payt Kiyevda qölga olinib, vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga joylaştirilgani xabar berilgandi.













