O‘zbekiston | 09:20 / 10.12.2017
8685
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Turkmanistonga safar uyushtiradi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Turkmaniston poytaxti Ashxobodga safar uyushtiradi.   

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Abdulaziz Komilov 11 dekabrda “Daxlsizlik siyosati va xalqaro munosabatlarda preventiv diplomatiya: Turkmaniston tajribasi va uning ahamiyati” va “BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi: Markaziy Osiyo bilan tinchlik va mintaqaning farovonligi maqsadida 10 yillik hamkorlik” deb nomlangan xalqaro konferensiyalarida ishtirok etadi.  

Shu kunning o‘zida Ashxobodda Markaziy Osiyoning 5 ta davlati va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid