Jahon | 08:31 / 11.12.2017
4883
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari sababli evakuatsiya qayta boshlandi

Foto: Reuters

Amerikaning Kaliforniya shtati ma'muriyati tabiiy o‘rmon yong‘inlari tahdidi sababli evakuatsiya ishlarini qayta boshlashga qaror qildi, deb xabar qilmoqda CBS telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shtatning Karpinteriya va Montesito hududlarida aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda. "Evakuatsiya vaqti o‘t o‘chirish mashinalarini yuborganda boshlanmaydi, shu boisdan ham biz aholini ko‘chishni tavsiya qilib transport vositalarini yubormoqdamiz", — degan o‘t o‘chirish xizmati vakili. 

Kaliforniya o‘rmon yong‘inlari 4 dekabrda boshlangan, quruq va shamolli ob-havo sharoiti o‘t balosining katta kuch bilan tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, shtatning 57 ming gektar hududining kuli ko‘kka sovurilgan, 212 ming odam ko‘chirilgan. AQSh prezidenti shtatda favqulodda holat e'lon qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid