Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyat hokimi bir yillik hisobotini jonli efirda e'lon qiladi
Joriy yilning 17 dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov soat 19:00dan boshlab, «Surxondaryo» telekanalida jonli efirga uzatiladigan ko‘rsatuv orqali 2017 yildagi faoliyati va kelgusidagi vazifalari bo‘yicha hisoboti hamda xalq bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu sanada Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimovning Surxondaryo viloyati hokimi sifatida mehnat qilayotganiga bir yil to‘ladi. Shuningdek, yakunlanib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar xalqqa keng tanishtirilib, kelgusi yilda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bevosita muloqot orqali shakllantiriladi. Viloyat aholisi o‘zini qiziqtirgan savol va murojaatlarini Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 223 43-91; 223 45-97 telefon raqamlari orqali bildirishi mumkin.
Bundan avval, viloyat hokimi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida vohadoshlarga ochiq murojaat yo‘llab, unda kundalik turmush tarzida uchrab turgan muammolarni ko‘tarib chiqqan, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi uchun o‘zining taklif va mulohazalarini faol bildirib kelayotgan yurtdoshlarga minnatdorchilik bildirgan. Erkinjon Turdimov ayrim mutasaddi va rahbarlar tomonidan murojaatlar to‘laqonli o‘rganilmayotgani uchun xalqdan uzr so‘rab, shunda vaziyatga kelgusida ta'sirchan uslublar orqali yondashishini ta'kidlab o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026