Jahon | 10:40 / 12.12.2017
12132
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmoqchi emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashga qaror qilganiga qaramasdan, AQSh o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqmoqchi emas. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi. 

11 dekabrda Oq uydagi brifing davomida Sandersdan “Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni ma'lum qilganda, AQSh nima uchun terrorchilar bilan o‘zga yurtda kurashishni davom ettirishi kerakligi” so‘ralgan. 

“IShIDning a'zolaridan birortasi Suriyani tark etmaguncha, biz oldinga borishni va IShIDning nafaqat tag-tomiri bilan yo‘q bo‘lishini, balki jangarilar bu yerlarga qaytmasliklari ortidan kuzatishni istaymiz”, deb javob bergan Sanders.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid