Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron musulmon mamlakatlarga chaqiriq bilan chiqdi
Foto: Fotolia
Eron parlamenti musulmon mamlakatlarni Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzishga va AQSh bilan iqtisodiy munosabatlarni minimal darajaga qadar kamaytirishga chaqirdi. Bu Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning al-Quds bo‘yicha qabul qilingan qaroridan so‘ng yuz berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan haftada al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishini ma'lum qildi va Amerika elchixonasini Tel-Avivdan shu shaharga ko‘chirish haqidagi hujjatni imzoladi.
"Biz, Islom maslahatlashuv majlisi (Eron parlamenti – tah.) vakillari barcha musulmon mamlakatlardan sionistik rejim bilan diplomatik munosabatlarni uzish, shuningdek AQSh bilan iqtisodiy aloqalarni minimal darajaga tushirishni so‘raymiz", - deyiladi bayonotda. Unga 290 kishilik parlamentning 235 a'zosi imzo chekkan.
Eronlik qonun chiqaruvchilarning bayonotda ta'kidlashlaricha, AQSh o‘z qarori bilan “Yaqin Sharqdagi tinch jarayon tobutiga so‘nggi mixni qoqib qo‘ygan”.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar yetakchisining qarori Isroilda ijobiy qabul qilindi, jahonning ko‘plab davlatlari, birinchi navbatda Yaqin Sharq mamlakatlari hamda Falastin tomonidan esa salbiy reaksiyaga sabab bo‘ldi. Butun musulmon dunyosida, shuningdek Isroilning o‘zida ham norozilik namoyishlari boshlandi, ularda yuzlab odamlar jabrlandi.
Mavzuga oid
09:30
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
17:15 / 14.05.2026
AQSh yillar davomida Eronning bulutlarini o‘g‘irlab kelganmi?
16:38 / 14.05.2026
Isroil Netanyahu BAAga maxfiy tashrif buyurganini aytdi. BAA rad qildi
12:57 / 13.05.2026