Jahon | 19:20 / 12.12.2017
3008
1 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi 2020 yilgacha o‘z lavozimida qoladi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning vakolatlari 2020 yil sentabrigacha uzaytirildi. Bu haqda NATO xabarida aytildi.

Stoltenbergning vakolatlari 2018 yil kuzida tugashi kerak edi.

“NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar bugun bosh kotib Yyens Stoltenbergning vakolatlarini yana 2 yilga – 2020 yil 30 sentabrgacha uzaytirishga kelishib oldilar”, deb aytilgan xabarda.  

NATO kengashining ta'kidlashicha, alyansga kiruvchi davlatlar “Stoltenberg kelgusida ham o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni uddalay olishiga ishonchlari komil”.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid