Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkdagi hujum ijrochisi nega bu ishni qilganini aytdi
Foto: Temponews
Nyu-Yorkdagi avtovokzal yonida yuz bergan kuchli portlashning ehtimoliy ijrochisi 27 yoshli Aqoyid Yullaning tergovchilarga ma'lum qilishicha, hujumni AQShning Suriya va boshqa joylardagi IShID obektlariga aviazarbalariga javoban amalga oshirgan. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Politsiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi hujum uchun joyni o‘zining rojdestvo plakatlari yordamida tanlagan.
Ta'kidlanishicha, u Yevropadagi teraktlardan «ilhomlangan».
Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, u bir o‘zi harakat qilgan, biroq ular boshqa versiyalarni ham o‘rganib chiqishmoqda.
«Mening o‘ylashimcha, u o‘lishga ham tayyor edi, biz videoda uning simlarni ulayotganini ko‘rdik», - deya aytib o‘tdi huquqni muhofaza qiluvchi organning o‘z nomini oshkor etishni istamagan xodimlaridan biri.
Avvalroq CNN telekanali huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda, Yulla tergovchilarga hujumni «Isroilning G‘azodagi harakatlari» tufayli amalga oshirganini ma'lum qilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026