Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning energetika sohasiga 450 mln dollar ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashi Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida qo‘shimcha ravishda 850–950 MVt lik energiya ishlab chiqaruvchi qurilmani o‘rnatish maqsadida 450 mln dollarlik zayom ajratishni ma'qulladi. Bu elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga va O‘zbekiston energetik xavfsizligini mustahkamlashga imkon beradi.
“O‘zbekiston energetika sektori va uning energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarini modernizatsiyalash mamlakatning iqtisodiyoti va rivoji uchun muhim rol o‘ynaydi. OTBning ko‘magi mamlakatning energiyaga oshib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi va energetik sektor barqarorligini ta'minlaydi”, deb aytgan OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha energetika departamenti mutaxassisi Syong Dak.
Ayni vaqtda O‘zbekiston energetika sektorining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10 foizni yoki mamlakat eksporti hajmining 25 foizini tashkil qiladi. Biroq elektr energiyaga talab mavjud quvvatlarga nisbatan oshib bormoqda va 2020 yilga kelib 14,600 GVt/soatga yetishi kutilmoqda.
OTB loyihasi doirasida Tolimarjon IESni kombinatsiyalashgan sikldagi qo‘shimcha bug‘-gaz turbinalarini o‘rnatish yo‘li bilan quvvatini oshirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, qo‘shimcha turbinalar IESning umumiy quvvatini 2600 MVtgacha oshirishga imkon beradi.
OTBning moliyalashtirishi O‘zbekiston energetika sektoriga avvalgi ko‘makning davomi hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025