O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining tor va keng doiradagi muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov o‘rtasida avvaliga Qo‘shma bayonot imzolangan.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida quyidagi hujjatlarga imzo chekildi:
2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik dasturi;
O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Bojxona xizmatlari o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining olib o‘tilishida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim («Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi»);
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuv;
O‘zbekiston Respublikasi Favaqulodda vaziyatlar vazirligi va Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida 2018 yilda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasi;
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi;
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati qoshidagi Yoshlar, jismoniy tarbiya va sport davlat agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidentining birinchi tashrifi chog‘ida imzolangan hujjatlar xalqlarimizning talab va istaklaridan kelib chiqib qabul qilingani, ular mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lishini qayd etdi.
Sooronboy Jeenbekov erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqea bo‘lganini, o‘zaro munosabatlar tarixida qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qo‘shganidan mamnun ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024