Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda qator medallar sohibi bo‘lishdi
Foto: Fotolia
Qozog‘istonda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar mamlakat sharafini munosib himoya qildi.
Pavlodar shahri mezbonlik qilgan ushbu nufuzli turnirda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya va Qirg‘izistondan kelgan charm qo‘lqop ustalari o‘n vazn toifasida o‘zaro raqobatlashishdi.
Musobaqada vazni 81 kilogramm bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi Jamshid Xudoyberganov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, 91 kilogrammda Iqboljon Murodovga hech kim teng kela olmadi. Shuningdek, vazni 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan bokschilar o‘rtasida hamyurtimiz Temur Ataboyev terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.
Finalga qadar bo‘lgan janglarda zafar quchgan Asadbek Shodiboyev va Navo Tamazov o‘z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo‘ldi. 52 kilogramm vazn toifasida Temurbek Dehqonov bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3 oltin, 2 kumush va 1 bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
19:32 / 15.12.2025
Kishi boshiga tabiiy boyliklar: Saudiyada 1 mln, Rossiyada 520 ming dollar. O‘zbekistonda-chi?
18:58 / 14.12.2025