Jahon | 01:10 / 14.12.2017
4838
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda tayanch stavka joriy yil ichida 3 marta oshirildi

Foto: AP Photo / Richard Drew

AQSh Federal zaxira tizimining ochiq bozorlar qo‘mitasi dekabrdagi yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, tayanch stavkani 1-1,25 foizdan 1,25-1,5 foizgacha oshirishga qaror qildi. 

Bu esa 2017 yilda Federal zaxira tizimi tayanch stavkasining uchinchi marta oshirilishidir. Bundan avvalroq stavka 2 marta: martda yillik 0,75-1 foizgacha, iyunda 1-1,25 foizgacha oshirilgandi. 2007-2008 yillarda stavka 2008 yil dekabrdagi 0-0,25 foizgacha yetmaguncha sekin-asta tushib borilgan.

Mavzuga oid