Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Daniya sudi IShIDga qo‘shilgan daniyalikni fuqarolikdan mahrum etdi
Foto: People and Countries
Daniyada IShIDga qo‘shilgan daniyalik fuqarolikdan mahrum etildi. Shuningdek, Glostrup shahri sudi 22 yoshli erkakka 5 yillik qamoq jazosi tayinladi, deb xabar qilmoqda Ritzaus Bureau.
Jazoirdan ko‘chib kelgan muhojirlar oilasida Daniyada dunyoga kelgan Anis Laraba 2013 yili, 18 yoshida Suriyaga borgan. U o‘rta maktabni yakunlashga ham ulgurmagan edi. Oradan 9 oy o‘tgach, ota-onasidan yo‘l haqini to‘lashni so‘rab Daniyaga qaytgan.
Sud uni terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishda aybdor deb topdi. Uning Suriyada uzoq vaqt qolib ketgani va terrorchilar tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etgani og‘irlashtiruvchi holatlar deb topilgan. Laraba o‘z aybini inkor etmoqda va hukm ustidan arz qilish niyatida.
Mavzuga oid
13:56 / 21.01.2026
Tramp tahdidlari fonida Daniya Grenlandiyaga yana qo‘shimcha askar jo‘natdi
10:26 / 20.01.2026
Daniya va Grenlandiya Arktikada NATO missiyasini tuzishni taklif qildi
16:30 / 19.01.2026
Grenlandiya bilan nimalar bo‘lmoqda?
16:34 / 18.01.2026