Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Bishkek o‘rtasida aviareyslar soni 23 dekabrdan oshiriladi
23 dekabrdan Bishkek-Toshkent va Toshkent-Bishkek aviareyslari haftasiga ikki martadan amalga oshiriladi, 2018 yildan esa O‘sh-Toshkent hamda Toshkent-O‘sh aviareysi tiklanadi. Bu haqda Qirg‘iziston transport va yo‘llar vaziri Jamshidbek Kalilov O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrif yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston tomoni 2 ta aviareysni va O‘zbekiston tomoni 2 ta aviareysni amalga oshiradi.
Keyingi yildan Toshkent-Bishkek-Baliqchi temir yo‘l reysi yo‘lga qo‘yiladi, bu mavsumiy reys bo‘ladi, ko‘proq turistlarga mo‘ljallanadi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
«Avtotransport bo‘yicha Qirg‘iziston mintaqalari va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasida muntazam yo‘lovchi yo‘nalishlarini tiklash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. 2018 yildan mamlakatlar o‘rtasida yuk tashuvlari bo‘yicha ham ishlar tiklanadi. Tashuvlar uchun ichki tariflarni tartibga keltirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi, bu bizning tashuvchilar uchun muhim holat. Bu hozirda mamlakat shimolidan janubiga olib o‘tilayotgan deyarli barcha yuklardir. O‘zbekiston tomonidan Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasiga katta qiziqish bildirmoqda, 25 dekabrda 3 davlatdan bo‘lgan ekspertlar Toshkentda shu masala bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadilar. Ular hattoki loyihaga moliyaviy jihatdan ham qo‘shilishlari mumkinligini aytishdi. Biz o‘zimizning yo‘nalish variantida qolmoqchimiz, bugungi kunda qiymat 5 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etadi», - deya xabar berdi u.
Mavzuga oid
10:26 / 16.04.2026
Toshkent - Yerevan aviareysi qayta tiklanishi mumkin
19:57 / 18.03.2026
19 martdan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslar tiklanadi
23:12 / 28.02.2026
“Qaynoq nuqta”ga aylangan Yaqin Sharq: yuzlab reyslar bekor qilindi
13:55 / 28.02.2026