Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xalqaro bezori». Trampga yangi ta'rif berildi
Foto: Reuters
Malayziya sobiq bosh vaziri AQSh prezidenti Donald Trampni «xalqaro bezori» va «badkor» deb atadi. Bu uning AQShning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chirish bo‘yicha qabul qilgan qarori tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Bugun biz xalqaro bezorini ko‘rmoqdamiz. Tramp, o‘zingga o‘xshash kimnidir topishga harakat qilib ko‘r. Al-Quds bo‘yicha bu qaror faqat musulmonlar qahr-g‘azabiga sabab bo‘lmoqda. Biz bu badkorga, AQSh prezidentiga qarshi kurashish uchun o‘z hokimiyatimizdan foydalanishimiz lozim», - deya aytib o‘tdi 93 yoshli Maxatxir Muhammad.
Bundan tashqari, sobiq siyosatchi barcha musulmon mamlakatlarni Isroil bilan aloqalarni uzishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy arab davlatlarini Isroilga qarshi turish maqsadida birlashishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025