Eron prezidenti Hasan Ruhoniy arab davlatlarini Isroilga qarşi turiş maqsadida birlaşişga çaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ruhoniy Islom hamkorlik taşkilotining favqulodda yiğilişida çiqiş qilib, mamlakatlar yetakçilarini içki mojarolarga barham beriş hamda Isroilga qarşi birlaşişga çaqirdi.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan oliş böyiça qarori şuni körsatadiki, Qöşma Ştatlar mintaqadagi mojarolarga yeçim topişda vositaçi vazifasini uddalay olmayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbuldagi musulmon mamlakatlar yetakçilarining sammitida al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olişni taklif qildi hamda şaharni «musulmonlar uçun qizil çiziq» deb atagandi.