Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Katta rahmat». Poroshenko Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilganidan xursand
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlar yetakchilariga Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytirish bo‘yicha qabul qilingan qaror uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga «normand shakli» bo‘yicha sheriklar sifatida, shuningdek YeIdagi barcha do‘stlarimizga Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat, deyman», - deya yozdi Poroshenko feysbukdagi o‘z sahifasida.
Uning ta'kidlashicha, bu «Moskvaga o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun yaxshi javob hamda Kreml siyosatida o‘zgarishlar yuz berishi lozimligiga oid aniq chaqiriqdir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi davlatlari yetakchilari Rossiyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni 2018 yilning o‘rtasiga qadar uzaytirish haqidagi qarorni qabul qilishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:43
Rossiyada prezidentga xorijda armiya qo‘llash bo‘yicha yangi vakolat beriladi
22:28 / 14.04.2026
Davlat Dumasi Putinga o‘zi xohlagan mamlakatga hujum qilishga ruxsat berdi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:53 / 13.04.2026