Yevropa ittifoqi davlatlari yetakçilari Rossiyaga qarşi joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni 2018 yilning örtasiga qadar uzaytiriş haqidagi qarorni qabul qilişdi. Bu haqda Yevropa kengaşi raisi Donald Tusk Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
Bi-bi-si xabariga köra, çeklov çoralari energetik, mudofaa hamda moliyaviy sektorlarga aloqador.
Sanktsiyalar uzaytirilişi haqida avvaliga Reuters agentligiga Bryusseldagi amaldorlar hamda diplomatlar anonim holda ma'lum qilişdi. Gap 2014 yilning 31 iyulidan joriy etilgan sanksiyalar haqida bormoqda.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron hamda GFR kansleri Angela Merkel payşanba kuni Minsk kelişuvlari hozirga qadar bajarilmaganini, hamda şuning uçun çeklov çoralari yana yarim yilga qadar amalda bölişini ma'lum qilişdi.
Sanktsiyalar sönggi marta 2017 yilning iyunida uzaytirildi – ularning muddati 2018 yilning yanvarida öz nihoyasiga yetişi kerak edi.
Sanktsiya röyxatidan Rossiyaning davlat iştirokidagi eng yirik kompaniyalari joy olgan. Ularning Yevropa moliyaviy bozoriga kirişi çeklandi.
Sanktsiyalar "Rosneft", "Gazprom neft" hamda "Transneft" neftgaz kompaniyalari, Sberbank, VTB, "Gazprombank", "Vneşekonombank" banklari, şuningdek Qrim kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan.
Mudofaa sektori kompaniyalariga nisbatan qurol-yaroğ eksportiga embargo kiritildi, şuningdek ikkilamçi maqsadlardagi tovarlar va Rossiyada harbiy yönalişda foydalanilişi mumkin bölgan texnologiyalar eksportiga taqiq qöyildi.

















