Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlar yetakçilariga Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytiriş böyiça qabul qilingan qaror uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga «normand şakli» böyiça şeriklar sifatida, şuningdek YeIdagi barça döstlarimizga Ukrainani qöllab-quvvatlaganliklari uçun rahmat, deyman», - deya yozdi Poroşenko feysbukdagi öz sahifasida.
Uning ta'kidlaşiça, bu «Moskvaga öz majburiyatlarini bajarmaganligi uçun yaxşi javob hamda Kreml siyosatida özgarişlar yuz berişi lozimligiga oid aniq çaqiriqdir».
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi davlatlari yetakçilari Rossiyaga qarşi joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni 2018 yilning örtasiga qadar uzaytiriş haqidagi qarorni qabul qilişgani xabar berilgandi.

















