NATO jangovar shay kuchlari soni 3 karraga oshdi
NATO tezkor harakat kuchlari soni 3 karra ko‘paytirildi. Alyans bosh kotibi Yyens Stoltenbergning aytishicha, so‘nggi 3 yilda shunday natijaga erishilgan. U Journal du Dimanche jurnaliga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.
«2014 yilgi Ukraina inqirozidan keyin, alyans so‘nggi yillardagi jiddiy mustahkamlash choralarini ko‘rishga qaror qildi. Biz NATOning tezkor harakat kuchlarini 3 karra ko‘paytirib, 40 ming kishigacha yetkazdik. Ularning 5 ming nafari bir necha kun ichida jangovar harakatlarga kirisha oladi», — deya aniqlik kiritgan Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO mashg‘ulotlar o‘tkazish va Boltiq mamlakatlari havo hududida patrullik qilish amaliyotlarini kuchaytirgan.
Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot mamlakatlariga kiberhujumlar jiddiy tahdid uyg‘otmoqda. Shu boisdan ham kiberkengliklar harbiy muhit sifatida baholanadigan bo‘ldi.
«Kiberhimoya jamoaviy mudofaaning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu xavfli kiberhujum alyans nizomining beshinchi moddasini ishga tushirishga asos bo‘lishini anglatadi», — degan bosh kotib.
Stoltenberg, bu choralar, shuningdek, NATO tarkibida ikkita yangi qo‘mondonlik tizimining paydo bo‘lishini Rossiyaning agressiv harakatlari bilan izohladi.
Mavzuga oid
08:30
Stoltenberg: Ukraina urush tugaguniga qadar NATOga qabul qilinishi mumkin
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024
Rossiyada o‘zbek diasporasi yetakchisi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumon qilinmoqda
14:20 / 04.10.2024