Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya delegatsiyasi Toshkentga keladi
2017 yilning 18 dekabr kuni Toshkent shahriga Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish bo‘yicha agentligi (TİKA) rahbari Serdar Cham boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, TİKA delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda. Tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va boshqa tuzilmalarda uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining ilk kunlarida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish bo‘yicha agentligi hamda O‘zbekistonning «Mikrokreditbank» rahbariyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolangandi. Mazkur kelishuv bo‘yicha agentlik O‘zbekistonda o‘rta va kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ko‘mak beradi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda TİKA 1994 yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026