Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obamali pechene. Kichik Tramp kutilmagan fotosuratni e'lon qildi
AQSh yetakchisining o‘g‘li kichik Donald Tramp Instagram’dagi sahifasida Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti Barak Obamaning yuzi tasvirlangan katta pecheneni ushlab turgan fotosuratini e'lon qildi.
«Mening do‘stlarim shunday qarorga kelishdiki, garchi mening tug‘ilgan kunim bir necha haftadan keyin bo‘lsa ham, ular menga 40 yoshga to‘lishim munosabati bilan ajoyib pecheneni sovg‘a qilishdi. Qanday tug‘ilgan kun Obamali pechenesiz o‘tadi?» - deya yozgan kichik Tramp.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, bu sovg‘ani senator Ted Kruz bilan baham ko‘rish haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga immigratsion viza lotereyasi orqali kelayotgan odamlarni o‘z jamiyatlarining “yomonlar ichidagi eng yomoni”, deb atadi hamda bu mexanizmni bekor qilishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026