AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatga immigratsion viza lotereyasi orqali kelayotgan odamlarni öz jamiyatlarining “yomonlar içidagi eng yomoni” deb atadi hamda bu mexanizmni bekor qilişga çaqirdi. U tegişli bayonot bilan juma kuni Virjiniya ştatidagi Federal tergov byurosining Milliy akademiyasida çiqiş qilgan.

"Ma'lum bir lotereya bor. Siz odamlarni tanlaysiz. Sizlar öşa qaysidir davlat bizga eng yaxşi odamlarini beradi, deb öylaysizlarmi? Yöq”, - deya ta'kidlab ötgan Tramp.

"Bu qanday tizim özi? Ular lotereya yordamida kelişmoqda. Ular bizlarga eng yomon odamlarini berişmoqda, ularni çiqindi kabi taşlab yuborişmoqda", - deya ta'kidlab ötgan prezident.

Uning sözlariga köra, ma'muriyat Kongressni “zanjirli migratsiya”ga (köçib ketgan insonning ortidan ma'lum bir joyga köçib boriş, oila bilan birlaşiş – tah.) yakun yasaş, şuningdek, viza lotereyasi amaliyotini tugatişga çaqiradi, uni esa ma'lum bir xizmatlar asosiga qurilgan immigratsiya tizimi bilan almaştiriş mumkin.

Tramp Nyu-Yorkdagi ikkita teraktni ham şu nuqtai nazardan eslatib ötgan – har ikki şaxs, uning sözlariga köra, AQŞga hozirgi muhojirlik dasturi orqali kelgan. Ulardan biri “zanjirli migratsiya” mexanizmi tufayli Qöşma Ştatlarda istiqomat qilişni boşlagan bölsa, boşqasi – viza lotereyasida yutgan.

Tramp 3 noyabr kuni oktabr oyi oxirida Manhettenda yuz bergan teraktdan söng ham şunday bayonot bilan çiqqandi.

Seşanba kuni esa Tramp kongressdan mamlakatga töğri kelmaydigan şaxslarning kirib olişiga imkon beruvçi migratsion teşiklarni bartaraf etiş böyiça tezkor harakatlarni talab qildi.

"Kongress bu jarayonga darhol kirişişi kerak hamda qonun çiqaruvçilar unga qöşilişi darkor. Men şuni aytişim mumkinki, biz juda katta muvaffaqiyatga erişdik", - deya aytib ötdi prezident.

31 oktabr kuni asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipov Nyu-Yorkda yuk maşinasini piyodalar ustiga haydab bordi, natijada sakkiz kişi halok böldi, 10 dan ortiq inson jarohatlandi. Soipov grin-kartani lotereyada yutib olgandi.

Duşanba kuni esa asli kelib çiqişi bangladeşlik bölgan va AQŞ fuqarolari bölgan qarindoşlari tufayli Amerika vizasini olgan şaxs Manhetten markazida qölbola bombani portlatdi. Natijada bir neça kişi jarohat oldi.