O‘zbekiston | 10:53 / 18.12.2017
10669
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev TIKA rahbarini qabul qiladi

Foto: Son Dakika

Bugun, 18 dekabr kuni Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) agentlik rahbari Serdar Cham boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkentga keladi.

Kutilishicha, TIKA delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va boshqa tuzilmalarda uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazish ham joy olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid