Jahon | 09:56 / 19.12.2017
9723
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya rozi. Mamlakatda AQShning 2 ta RQM majmuasi joylashtiriladi

Foto: Eugene Hoshiko

Yaponiya hukumati mamlakat hududida Qo‘shma Shtatlarning ikkita Aegis Ashore raketalarga qarshi mudofaa tizimi majmuasini joylashtirish bo‘yicha qarorni ma'qulladi.

Bu haqda AFP xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ikkita majmuaning umumiy qiymati taxminan 1,8 mlrd dollarni tashkil etadi. Ularni AQShdan xarid qilish va o‘rnatish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

Kutilishicha, bu harbiy majmua butun mamlakat hududini qamrab olish uchun yetarli bo‘ladi.

Hukumatdan aniqlik kiritishlaricha, raketalarga qarshi mudofaa tizimi majmualarini xarid qilish KXDRning raketa va yadroviy dasturlari tufayli paydo bo‘layotgan tahdidlar fonida juda zarurdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya hukumati 2018 yilning aprel oyida boshlanadigan kelasi moliya yilida mudofaa maqsadlari uchun rekord miqdorda – 46 milliard dollar ajratishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid