Jahon | 00:27 / 19.12.2017
15210
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada AQSh harbiy bazasi yopib qo‘yildi

Foto : U.S. Air Force / Karen Abeyasekere

Buyuk Britaniyada xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, AQSh harbiy-havo kuchlarining Mildenhall harbiy bazasini yopib qo‘ydi. Bu haqda Pentagonda ma'lum qilingan.  

Baza yaqinida bo‘lganlarga hozircha unga tashrif buyurmaslik tavsiya qilingan.

Avvalroq OAV avtomobil baza hududiga bostirib kirmoqchi bo‘lganini ma'lum qilgan. Guvohlarning aytishicha, o‘q ovozlari eshitilgan. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan, u lat yeyish va kesilgan jarohatlar bilan vaqtinchalik hibsga olingan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid