Fan-texnika | 16:50 / 20.12.2017
8101
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook yangi tizimni ishga tushirmoqda 

Foto: Quartz

«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘i yuzlarni farqlash dasturini ishga tushirmoqda. Tizim har bir yuklanayotgan yangi fotosurat haqida barcha foydalanuvchilarga xabarnoma yuboradi, unda o‘sha foydalanuvchilar tanib olinadi – bu hattoki ular suratda to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilanmagan bo‘lsa ham yuz beradi.

Biroq cheklangan foydalanuvchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan foto e'tiborga olinmaydi, deb xabar bermoqda euronews.

Ta'kidlanishicha, birinchi navbatda, bunday g‘oya «firibgarlar» - o‘z avatariga boshqa odamlar fotosuratini qo‘yadiganlar bilan kurashishga qaratilgan.

Bundan tashqari, dastur fotosuratlarni ta'riflashni yaxshilashga yordam beradi: tizim tomonidan tovush orqali taqdim etiluvchi bunday matnlar ko‘zi ojiz foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

Yangi imkoniyat AQShda noyabr oyida kengaytirilgan ravishda sinovdan o‘tkazildi.

Mavzuga oid