Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 10 jinoyatchi minglab odamlar ko‘z o‘ngida qatl etildi
Foto: kabarlar.org
Xitoyning Lufen shahrida (Guandun viloyati) minglab odamlar ko‘z o‘ngida jinoyatchilarga o‘lim jazosi e'lon qilindi. Bu haqda 163.com portali xabar bermoqda.
Stadionga 12 jinoyatchi olib kelingan. Ularning ko‘pchiligi giyohvand moddalar sotish, qolganlari esa qotillik va talonchilik uchun aybdor deb topilganlar.
Jinoyatchilar voqea joyiga politsiya yuk mashinalarida keltirilgan. Har bir jinoyatchini bir nechta politsiya qo‘riqlab kelgan. Sudlanganlar birin-ketin platformaga olib chiqilib, ularga hukm o‘qib eshittirilgan. Sudlanganlardan 10 nafari o‘lim jazosiga mahkum qilingan va shu yerning o‘zida hukm ijro etilgan.
Bu qatl jarayoniga odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali chaqirilgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda har yili butun dunyodagidan ko‘proq odam qatl etiladi. Qatllarning aniq soni oshkor qilinmaydi va davlat siri hisoblanadi. Xitoyda o‘lim jazosi iqtisodiy jinoyatlar va giyohvand modda sotganlik uchun ham qo‘llanadi. Hozirda Xitoyda omma oldidagi qatllar kamdan-kam amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026