Jamiyat | 22:40 / 20.12.2017
10063
2 daqiqa o‘qiladi

"Qaynonalar kengashi" 21 mingdan ziyod oiladagi notinchlikni bartaraf etdi

"Qaynonalar kengashi" jamoatchilik kengashi 24 mingga yaqin notinch va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan joylarda olib borgan ishlari natijasida 21 mingdan ortiq oiladagi notinchliklar bartaraf etildi, 23 mingdan ziyod fuqaroning aliment to‘lashi ta'minlandi. 

Foto: wcu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Mahmudovna Ma'rufovaning KUN.UZ muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, "Qaynonalar kengashi"ga oilasi namunaviy, ko‘pni ko‘rgan, 5-6 nafar farzandi bo‘lib, ularning bari ahil yashab kelayotgan, farzandlari o‘qib, ishlayotgan, oila qadriyatini saqlab kelayotgan oila vakillari olinadi. Zero, bu bizning millatimizga xos xususiyat bo‘lib, u oila qadriyatini oshirishga qaratilgan. 

"Umuman olganda, o‘tgan davrda 22 958 ta oilaviy ajrim holatlari qayd etilib, bu ko‘rsatkich 2016 yilning shu davriga nisbatan 912 taga kamaydi. 

Bundan tashqari, oiladagi ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish va bu borada jamoat tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Unga asosan, respublikadan tortib to eng quyi bo‘g‘ingacha jamoatchilik nazorati tashkil etildi. Mana shu jamoatchilikning respublika bo‘yicha 36 nafar rahbari bor, quyi bo‘g‘inlarda esa, hududlarimiz bo‘yicha 76 mingga yaqin jamoatchilik vakili jalb etildi. Jamoatchilik tashkilotlari, davlat tashkilot organlari hamkorlikda oilalarga kirish tizimi yaratildi va mana shu ishni biz sektorlar miqyosida davom ettiryapmiz", - deydi Ma'rufova N.M. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid